C ++ - bu yuqori mahsuldor dasturlar - operatsion tizimlar, brauzerlar, video-o'yinlar, badiiy dasturlar va boshqalarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan mashhur platformalararo tildir.
C++ - bu umumiy maqsadli dasturlash tilidir (General purpose programming language).
Hozirgi kunda juda ko‘p algoritmik tillar mavjud. Bular ichida Java va C++ dasturlash tillari universal tillar hisoblanib, boshqa tillarga qaraganda imkoniyatlari kengroqdir. So‘ngi yillarda Java va C++ dasturlash tillari juda takomillashib, tobora ommalashib bormoqda. Mazkur tillardagi vositalar zamonaviy kompyuter texnologiyasining hamma talablarini o‘z ichiga olgan va unda dastur tuzuvchi uchun ko‘pgina qulayliklar yaratilgan. C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C tiliga asoslangan tarzda tuzildi.
C++ dasturlash tili odatda foydalanuvchilarga birinchi bo'lib tavsiya etiladigan til sifatida qaraladi. C++ tilini oraliq til sifatida qarashimiz mumkin. U quyi darajada to'g'ridan to'g'ri qurilmalar uchun ham ishlay olsa, yuqori darajadagi til sifatida ham turli loyihalarda namoyon bo'la oladi.
C++ dasturlash tili nomi C dasturlash tilidan kelib chiqqan bo'lib, ++ belgisi inkrement amali, ya'ni o'zgaruvchining qiymatini bittaga oshish amalidan olingan.
Bu tillarda tuzilgan dasturlarda izohlar istalgan joyda berilishi mumkin. Ular satriy va blokli ko‘rinishlarda bo’ladi. Satriy izohlar uchun “//”, blokli izohlar uchun “/”, “/” belgilari ishlatiladi.