> For the complete documentation index, see [llms.txt](https://isystem.gitbook.io/programming/llms.txt). Markdown versions of documentation pages are available by appending `.md` to page URLs; this page is available as [Markdown](https://isystem.gitbook.io/programming/master.md).

# Dasturlash bu nima?

**Dasturlash** – inson va kompyuter orasidagi suxbatlashish, "muloqot" qilish jarayonidir, ya’ni Dasturchi Kompyuterga berilgan buyruqlar orqali dasturlar yaratishidir!&#x20;

**Dasturlash tili** esa – dasturchi va kompyuter o’rtasidagi muloqot vositasi hisoblanadi.Kompyuter bilan aynan o’sha vosita orqali suxbat qura olasiz ya’ni dastur yozasiz.

## **Qaysi dasturlash tilini birinchi o’rganish kerak?**

Bugungi kunda ko’plab dasturlash tillari mavjud (Java,JS,Python,Swift va hokazo). Agar siz qay biridan boshlashga qiynalayotgan bo’lsangiz , sizga C++ dasturlash tilini maslaxat bergan bo’lardim. Chunki bu eng yaxshi yo’ldir.

## Hisoblashga asoslangan fikrlash qobiliyati

Hisoblash tafakkuri bizga murakkab masalani echishga, muammo nima ekanligini tushunishga va mumkin bo'lgan echimlarni ishlab chiqishga imkon beradi. Keyinchalik, biz ushbu echimlarni kompyuter, inson yoki ikkalasi ham tushunadigan tarzda taqdim etishimiz mumkin.

{% hint style="info" %}
&#x20;**Hisoblashga asoslangan fikrlashning to'rtta asosi bor!**
{% endhint %}

* **Parchalash** - murakkab muammo yoki tizimni kichikroq, boshqariladigan qismlarga ajratish&#x20;
* **Andozani tanish** - muammolar orasida va o'xshashliklarni qidirish&#x20;
* **Abstraktsiya** - ahamiyatsiz tafsilotlarni e'tiborsiz qoldirib, faqat muhim ma'lumotlarga e'tibor qaratish
* **Algoritmlar** - muammoni bosqichma-bosqich hal qilishni yoki muammoni hal qilish uchun amal qilish kerak bo'lgan qoidalarni ishlab chiqish

![Hisoblashga asoslangan fikrlash (Computational Thinking)  ](/files/-Ma9q8Rzui2U-Z9nI9y1)

## Dasturlash tillari va ularning xususiyatlari

![Dasturlash tillari shajarasi](/files/-MaA7XoAj8pPTPdbuN_E)
